Qo'y 21.03-20.04
Bugun sevgan insoningiz hatti-harakatlaringizdan unchalik mamnun bo'lmasligi mumkin. U noroziligini jimlik bilan bildirsa yahshi, aks holda sizni tanqid qilish va to'g'ri yo'lga solishga urinishi mumkin. Biroq u sizni ancha vaqtdan beri taniydi, shuning uchun vaziyatga to'g'ri munosabat bildirish ehtimoli yuqori.
Buzoq 21.04-21.05
Sevgan insoningiz hayotida faqat sizning yordamingiz bilan hal qilinishi mumkin bo'lgan muammo paydo bo'lgan. Unga qanday yordam kerakligini hatto o'zi ham aniq bilmasligi mumkin, ammo siz buni qandaydir yo'l bilan tushunasiz. Sevuvchi qalb ko'p narsani so'zsiz ham anglaydi.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugun sevgan insoningiz vaziyatni uzoq vaqt nazorat qila olmaydi, shuning uchun boshqaruvni o'z qo'lingizga olishingizga to'g'ri keladi. Vazifa oson bo'lmaydi, ammo siz unga bir yoki hatto bir nechta to'g'ri echim topa olasiz.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun siz va sevgan insoningizni kelajakda nima kutayotganini, birgalikdagi hayotingiz qanday bo'lishini va umuman davom etadimi-yo'qmi, tushunish qiyin bo'ladi. Xozir bu haqda o'ylamang — baribir aniq qarorga kelolmaysiz, faqat kayfiyatingizni buzib qo'yishingiz mumkin.
Arslon 23.07-23.08
Sevgan insoningizga kichik eytibor belgilarini ko'rsating. Bir dasta lola, ko'ylagiga nihoyat tikib qo'yilgan tugma yoki uning sevimli kechki ovqati — istaganingizni tanlang. Ana shunday mayda g'amho'rliklar munosabatlaringizdagi katta ijobiy o'zgarishlarga asos bo'ladi.
Parizod 24.08-23.09
Bugun kim nima demasin, uning so'zlariga so'zsiz ishonmang. Eshitganingizni haqiqat deb qabul qilishdan oldin mantiqni ishga soling, yanada yahshisi — sevgan insoningizning fikri bilan ham solishtirib ko'ring. Faqat barcha dalillar aytilgan gapning to'g'riligini ko'rsatsagina unga ishoning.
Tarozi 24.09-23.10
Bugun shahsiy hayotingizda sodir bo'layotgan voqealarga haddan tashqari jiddiy munosabatda bo'lmang. Ertaga ertalab hamma narsa tinchlanadi va dunyo yana odatdagi jiddiy tusini oladi. Ana shunda barchasini osonlik bilan tushunib olasiz.
Chayon 24.10-22.11
Bolalarni tabiatning ajoyib olami bilan qachon tanishtirgan edingiz? Agar ancha vaqt o'tgan bo'lsa, bugun ular bilan hayvonot bog'i yoki ekzotariumga borish yahshi bo'ladi. Xayvonlar haqida bilganlaringizni aytib bering va savollariga javob berishga tayyor turing. Faqat ularni yirtqichlar qafasiga juda yaqinlashtirmang.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun ko'plab mayda maishiy muammolar bilan jiddiy kurashishingizga to'g'ri keladi. Eng qiyin vazifa ularni engish emas, balki qattiq asabiylashib, yaqinlaringiz bilan janjallashib ketmaslik bo'ladi.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Bugun sevgan insoningiz uchun his-tuyg'ularini nazorat qilish va o'zini qo'lga olish oson bo'lmaydi, chunki vaziyat juda murakkab kechadi. Agar u bu sinovdan muvaffaqiyatli o'ta olsa, undan uzoq vaqt fahrlanishingiz va hatto undan o'rnak olishingiz mumkin.
Qovg'a 21.01-18.02
Bugun munosabatlaringizni uzoq va bahtli birgalikdagi hayot sari olib borayotgan yo'lda taqdir yaratgan to'siqlarni engish uchun kuchli va jasur bo'lishingiz kerak. Ittifoqingizga hech narsa zarar etkazmasligi uchun qo'lingizdan kelgan barcha ishni qiling.
Baliq 19.02-20.03
Bugun shahsiy hayotingizda ham, boshqa sohalarda ham tajriba qilishdan qo'rqmang. Natijalar kutganingizdek chiqmasligi va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ammo asosiy maqsad — o'zingizni erkin his qilish va sevgan insoningizni sizga ishonishga undash.